Boshlangʻich sinf oʻquvchilari bepul ovqat bilan taʼminlanadi
Foto: www.google.com
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat maktablaridagi boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul issiq ovqat bilan taʼminlash gʻoyasi dastlab koʻpchilik tomonidan maʼqullanmaganini aytdi.
“Hammasi joʻngina boʻlgani yoʻq. Bunga hamma qarshi edi”, deb taʼkidladi Putin deya xabar bermoqda “TASS”.
Bu tartib Rossiyada 2023-yil 1-sentyabridan joriy qilinishi belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, Putin federal yigʻilishga murojaatida birinchidan toʻrtinchi sinfgacha barcha oʻquvchilarni sifatli issiq ovqat bilan taʼminlanishini taklif qilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring