Bosh vazirning yordamchisi lavozimidan ozod qilindi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Ibragimov Shuxrat Musojonovich Bosh vazirning yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan, Ashurov Sarvar Gʻaniyevich Bosh vazirning yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
Sh. Ibragimov bunga qadar Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudirining oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring