Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart bilan uchrashdi

00:25 03 Aprel 2025 Jamiyat
265 0

Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida huquqiy sohada shakllangan munosabatlarning joriy holati hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda hamkorlikni yanada rivojlantirishning kelgusidagi istiqbollarini muhokama qildilar.

Xususan, kiberjinoyatchilik, terrorizm, iqtisodiy jinoyatlar va uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish sohalarida o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish borasida kelishuvga erishdilar.

Uchrashuv ishtirokchilari bo‘lib o‘tgan muloqotning huquqiy sohada hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishiga yangi turtki bo‘lishiga ishonch bildirdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер