Bosh prokuratura qashqadaryolik fuqaroning sirli oʻlimi yuzasidan tergov ishlarini boshladi
Qashqadaryo viloyatida 42 yoshli erkak koʻchada oʻlik holda topildi. Gʻuzor tuman prokuraturasi tomonidan qoʻshimcha tekshirish tadbirlari oʻtkazilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, marhumning rafiqasi eri velosipeddan yiqilib vafot etgan deb hisoblagan. Biroq tibbiy ekspertiza xulosasini koʻrgan ayol eri oʻldirilgan degan qarorga kelgan.
Bundan tashqari, xabarda aytilishicha, erkak toʻmtoq kuchdan jarohat olgani sababli vafot etgan.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshiruv ustidan nazorat oʻrnatildi, deya aytib oʻtgan Shamsutdinov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring