Bosh prokuratura binosiga kirib, janjal uyushtirgan bir guruh ayollar yuzasidan rasmiy bayonot berildi
Joriy yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yoʻldoshev tomonidan videokonferensiya aloqa orqali 19 nafar fuqaroning qabuli oʻtkazilgan boʻlsa-da, 2020-yil 6-mart kuni G.Karimbekova, X.Ergasheva, G.Xujaxanova, D.Dultayeva va boshqa bir guruh ayollar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosiga kirib, janjal uyushtirib, Bosh prokuror qabul qilishini soʻragan.
Bosh prokuror xizmat safarida boʻlganligi sababli ushbu fuqarolar Bosh prokurorning 1-oʻrinbosari A.Xolmaxmatov tomonidan qabul qilingan. Bu haqda Bosh prokuratura maʼlum qildi.
Bundan tashqari, G.Karimbekova, D.Dultayeva va boshqa bir guruh fuqarolar 2020-yil 4-mart kuni ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolarni qabulxonasida janjal uyushtirganligi uchun Bosh prokurorning 1-oʻrinbosari A.Xolmaxmatov tomonidan shaxsan qabul qilingan.
Ushbu fuqarolar bir necha marotoba Bosh prokuror va Bosh prokuror oʻrinbosarlari qabulida boʻlib, murojaatlari belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan va yozma javob xatlari berilgan.
Mazkur fuqarolar doimiy ravishda Bosh prokuratura, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi va boshqa idoralarda tartibsizliklar uyushtirib, noqonuniy talablari bilan eʼtiborni oʻzlariga jalb qilib kelishmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring