Bosh prokuratura baʼzi shifokorlarga adolatsiz munosabatni keskin qoralashini bildirdi
Bosh prokuratura Sogʻliqni saqlash vazirligining murojaatiga javob qaytardi.
Kecha Samarqand viloyatida 34 kishiga koronavirus yuqishiga sabab boʻlgan shifokorga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bekor qilingani, jinoyat ishi asossiz qoʻzgʻatilgani haqida xabar bergan edik.
Javob xatida Bosh prokuratura bugungi murakkab sharoitda baʼzi shifokorlarga adolatsiz munosabatni keskin qoralashini bildirgan.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring