Borrell Kuleba bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi
Illyustrativ foto
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Xosep Borrel Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan telefon orqali muloqot qilib, mamlakatga yordam koʻrsatish va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarini tayyorlash masalalarini muhokama qilgan. Bu haqda siyosatchi «Twitter»dagi mikroblogida yozdi.
«Biz Dmitriy Kuleba bilan Yevropa Ittifoqining Ukrainaga koʻrsatayotgan yordamini muhokama qilish uchun gaplashmoqdamiz. Keyingi sanksiyalar paketi ustida ish davom etmoqda. May oyida boʻlib oʻtadigan Yevropa Ittifoqi — Ukraina hamkorlik kengashi aloqalarimizni yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi», dedi u.
Shu bilan birga, Borrel Mariupoldagi vaziyat juda yomonligini, shoshilinch gumanitar evakuatsiya zarurligini qoʻshimcha qildi.
Mariupol — Ukrainaning Donesk viloyatida joylashgan Azov dengizi sohilidagi eng yirik shahar. Bu mintaqadagi metallurgiyaning asosiy markazlaridan biri hisoblanadi va yirik port shahri hamdir. Shaharda ikkita yirik qora metallurgiya korxonasi — Ilich nomidagi metallurgiya kombinati va «Azovstal» zavodi, shuningdek, «Azovmash» mashinasozlik korxonasi joylashgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring