“Bo‘ronlarda bordek halovat” - sahnada
Foto: Istam Ibrohimov / Xalq so‘zi
Buxoro viloyat musiqali drama teatrida taniqli adib, shoir va tarjimon, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtorning “Bo‘ronlarda bordek halovat” qissasi sahnalashtirildi.
-Asar bosh qahramoni Zargarov o‘z ishini sevadigan,qatʼiy fikrli tadbirkor rahbar, - deydi teatr adabiy bo‘limi mudiri Mohigul Nazarova. - U xotini Fotimaning qarshiligiga qaramay, cho‘lni o‘zlashtirishga otlanadi, o‘z maqsadi yo‘lida qattiq mehnat qiladi.Taqdir sinovlarida irodasi toblanadi.Uning intilishlari, o‘z qilgan xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqara olishi keyingi yutuqlarining garovi bo‘ladi. Umuman, asardagi Zargarov, Ziyoda, Mamat, To‘maris, Kazimirov, Masha singari obrazlar insondagi iroda kuchi, bunyodkorlik shijoatining nimalarga qodirligini ko‘rsatadi. Asar teatr rejissyori,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nodira Mo‘minova tomonidan sahnalashtirildi.
Maʼlumot o‘rnida aytish joizki, 2020 yil yakunida yurtimizda Asqad Muxtor tavalludining 100 yilligi keng nishonlangan edi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring