Boqiy shahar gulzorga aylanmoqda

12:35 18 Aprel 2023 Jamiyat
563 0

Foto: Xalq so'zi

Samarqand shahrida so‘nggi yillarda olib borilgan ulkan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qadim kentga yanada chiroy bag‘ishlab, bu yerga tashrif buyuradigan sayyohlarga ham shukuh bag‘ishlamoqda. Bugun turizm markaziga aylanib borayotgan quhna va boqiy Samarqand shahrini yanada obod qilish, gulu gulzorga aylantirish, yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida ko‘cha buylari, xiyobon va maydonlarga anvoiy gul va bo‘talar ekilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar ko‘chalariga 5 million dona gul va bo‘talar ekilishi rejalashtirilgan.

Aytish kerakki, Samarqand shahriga ekilayotgan gul va bo‘talarning turi 50 dan ortiq. Bu ko‘chatlar shaharning o‘zida tadbirkorlar tomonidan ko‘paytirilib, yetishtirilmoqda. Bu ishlarda “Yo‘lko‘kalam” hamda obodonlashtirish korxonalarining ishchi xodimlari faol ishtirok etishyapti.

- Samarqand shahri va atrofidagi 18 ob’yektda faoliyat yurityapmiz - deydi shahar obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassisi Nizomjon Ahadov. - Obodonlashtirish ishlarida chet eldan keltirilgan ko‘chatlar, daraxt va butalar, kustarniklarni issiqxonalarda o‘zimizni iqlimga moslashtirib, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib boryapmiz.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ekilayotgan gul va bo‘talarni parvarishi, agrotexnikasi, ularni sug‘orish bo‘yicha ham zarur tavsiyalar berilmoqda.

Bugun quhna kentga tashrif buyurgan kishi borrki, shahar ko‘chalarida o‘zgacha chiroy va ifor taratib turgan anvoyi gullarning go‘zalligidan bahra olishi shubhasiz. Zero, bu har bir kishiga o‘zgacha kayfiyat, ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi.

Abdulaziz Yo‘ldoshev, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер