Bolgariyada atirgullar festivali, “Tumandagi tipratikan” ... — Oyning oxirgi seshanbasi boʻlgan 25-may bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar
Yilning Grigoriy taqvimida 145-, kabisa yilining 146-kuni hisoblanuvchi 25-may sanasi dunyo tarixida koʻplab qiziqarli voqealar va buyuk insonlarning tavallud sanasi sifatida tarixga muhrlanib ulgurgan.
Shunday voqealarga misol tariqasida Odessada birinchi universitet ochilishini keltirish mumkin. Bu voqea 1865-yil yuz bergan.
Bolgariyada esa har yilning 25-may sanasida atirgullar festivalini oʻtkazish odat tusiga kirgan.
Iordaniya bu kunni mustaqillik, Afrika esa “Ozodlik kuni” sifatida nishonlaydi.
2003-yilning 25-may kuni “Tumandagi tipratikan” multfilmi “Barcha davrlarning eng yaxshi multfilmi” deb topilgan. Shuningdek, ushbu sanada golland fizigi, Nobel mukofoti sovrindori Piter Zeyeman tavallud topgan, agar u hayot boʻlganida bugun oʻzining 156 yoshini nishonlayotgan boʻlardi.
25-may kuni mamlakatimizning barcha hududidagi umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari oʻtkaziladi.
Bugungi sana bilan bogʻliq yana koʻplab tarixiy voqealarni keltirish mumkin. Ha, aytgancha, bugun yil yakuniga 220 kun qoldi.
Ziyoda Rahimboyeva tayyorladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring