“Bolalarning ahvoli qoniqarli”. MMTV Fargʻonada bogʻcha bolalari zaharlanishi yuzasidan munosabat bildirdi
Avvalroq Fargʻona shahridagi davlat bogʻchalarida bolalar ommaviy zaharlangani haqida xabar bergan edik. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 21-fevral kuni Fargʻona viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Fargʻona shahridagi 2-, 58- va 61-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 62 nafar tarbiyalanuvchisida yuzaga kelgan tana haroratining koʻtarilishi bilan bogʻliq holat boʻyicha murojaat qilingan.
“Hozirda shifoxonada boʻlib turgan barcha bemor bolalarning ahvoli qoniqarli holatda boʻlib, ularning salomatligi bilan bogʻliq oʻzgarishlar tibbiyot xodimlari tomonidan chuqur tahlil asosida oʻrganilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qoʻshimcha qilinishicha, MMTV hamda boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan mazkur holat boʻyicha atroflicha oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Vazirlik, shuningdek, oʻrganish natijalari boʻyicha muntazam maʼlumot berib borilishini maʼlum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring