Bolalarni birinchi sinfga qabul qilish sanasi eʼlon qilindi

14:56 13 Aprel 2026 Jamiyat
183 0

Oʻzbekistonda 2026/2027-oʻquv yili uchun birinchi sinfga qabul qilish 20-iyundan boshlanadi.

Qabul jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali orqali amalga oshiriladi va u ikki bosqichda oʻtadi:

Birinchi bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha — mikrohudud doirasida;

Ikkinchi bosqich: 1-avgustdan 31-avgustgacha — mikrohududdan tashqarida.

Qabul davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladigan tuman va shaharlar soni 64 tadan 135 taga, maktablar soni esa 1 956 tadan 5 689 taga yetkazildi.

Qonunchilikka muvofiq, birinchi sinfga oʻquv yili davomida yetti yoshga toʻladigan bolalar qabul qilinadi. 2026/2027-oʻquv yilida 2019-yilning 31-dekabrigacha tugʻilgan bolalar maktabga chiqishlari mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер