Bolalar pornografiyasini tarqatgan shaxs 2-yilga qamaldi
Illyustrativ foto
Bolalar pornografiyasini tarqatgan shaxsga 2-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2025-yilning avgust oyi yakunida Bolalar ombudsmaniga jamoatchilik faollaridan bolalar pornografiyasiga oid jinoyat toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Ombudsmanning tezkor rasmiy soʻrovi asosida mazkur holat IIV Tergov departamenti tomonidan oʻrganilgan.
Oʻrganish natijasida voyaga yetmagan shaxs tasvirlangan pornografik mahsulotlarni tarqatish fakti yuzasidan Jinoyat kodeksining 130-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan. Dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng mazkur jinoyat ishi sudda koʻrib chiqilib, joriy yilning 12-fevral kuni sudning ayblov hukmi eʼlon qilingan.
Hukmga koʻra, jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan J.A ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasining 3-qismi bilan 2-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
“Bolalar ombudsmani oʻz vakolati doirasida bolaga qarshi jinoyatlar ish yurituvi yuzasidan oʻz kuzatuvini davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring