Bolalar ombudsmanini saylash tartibi joriy etilyapti

11:34 24 Oktyabr 2023 Siyosat
171 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi.

Majlisda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqilmoqda.

Qonun loyihasi bilan Bola huquqlari boʻyicha vakilning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari hamda bola huquqini himoya qilish borasida boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlari koʻzda tutilmoqda. Shuningdek, Bolalar ombudsmanini saylash tartibi joriy etilyapti. Yaʼni, Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan deputat va senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan 5 yil muddatga saylanadi. Ushbu lavozimga nomzod Oliy Majlis palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.

Bundan tashqari, Bolalar ombudsmani maʼruzasi Oliy Majlis palatalarining majlislarida har yili eshitilishi, bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish hamda tiklash maqsadida sud jarayonlarida ishtirok etishi, voyaga yetmagan shaxs ishtirok etgan jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish va ulardan koʻchirma nusxalar olishi, hukm bilan tanishib, voyaga yetmagan shaxs manfaatlarini koʻzlab, prokuraturaga hukm ustidan protest bildirish haqida murojaat qilishi nazarda tutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер