Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari avgust kengashining respublika oʻquv-seminari oʻtkazildi

13:49 15 Avgust 2025 Jamiyat
207 0

Toshkentdagi Turkiston sanʼat saroyida 15-avgust kuni yurtimizdagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari avgust kengashining Respublika oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda 800 nafarga yaqin soha vakillari, jumladan, Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov, vazirlik Madaniyat taʼlimi markazi direktori Alisher Djamaldinov, hududiy boʻlinmalar vakillari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, maktab direktor va oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Seminar davomida, taʼlim jarayonlarini raqamlashtirish, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, ilgʻor metodik ishlanmalarni yaratish va xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash boʻyicha aniq takliflar ilgari surildi. Shuningdek, respublika seminari ishtirokchilari shubalarga boʻlinib, soha yuzasidan yangiliklar va maʼlumotlardan boxabar etildi.

Shundan soʻng, 2024-2025-oʻquv yilida yuqori natijaga erishgan taʼlim muassasalari rahbarlarining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun, Madaniyat taʼlimi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 27-iyulda imzolangan PF-114-son Farmonga muvofiq tashkil etilib, 2024-yil 20-dekabrdagi 862-son qaror asosida oʻz faoliyatini boshlagan. Markazning asosiy vazifasi — madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi taʼlim muassasalariga metodik xizmat koʻrsatish, oʻquv-metodik taʼminotni takomillashtirish va ilgʻor xalqaro tajribalar asosida taʼlim sifatini oshirishdan iborat.

Taʼkidlash joiz, hozirda vazirlik tizimida 325 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 29 ta ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktabi, maktab-internatlar, 9 ta oliy taʼlim muassasasi va ularning filiallari, shuningdek, 2 ta qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi faoliyat yuritmoqda. Ushbu muassasalarda jami 108 ming nafardan ortiq oʻquvchi va talaba tahsil olmoqda, 18 mingdan ziyod pedagog va professor-oʻqituvchilar mehnat qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер