Bola huquqlari himoyasi yanada kuchaytiriladi

13:25 24 Yanvar 2023 Siyosat
458 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqishmoqda.

Qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksini bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish uchun javobgarlikni belgilovchi 47-6-modda bilan toʻldirish hamda ushbu harakatni bir yil davomida takroran sodir etilishi yoki maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan soʻng sud tomonidan belgilangan muddatda chet elda turgan bolani qaytarilishini taʼminlamaslik uchun Jinoyat kodeksida 122-1-moddasi bilan jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Mazkur hujjatning qabul qilinishi ota yoki ona yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoki hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan bolaning chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish va tegishli majburiyatlarni bajarmaslik bilan bogʻliq holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi muhokamalardan soʻng deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер