Bola huquqlari boʻyicha vakil Fargʻonada vafot etgan 15 yoshli bola oʻlimida ayblanayotgan bolalar bilan uchrashdi

16:03 20 Noyabr 2022 Jamiyat
881 0

Foto: Халқ сўзи

Xabaringiz bor, Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi Voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlangan 9-sinf oʻquvchisi A.R. vafot etgan edi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan marhumning 17-oktyabr kuni markazda vaqtincha saqlanayotgan 6 nafar bolalarga qoʻshilganidan soʻng, ushbu bolalar yotoqxonasida xonadagi bolalar bilan oʻzaro gap talashib, janjal kelib chiqish oqibatida marhum A.R. doʻpposlanib unga ogʻir tan jarohati yetkazilgani aytilgan edi.

2022-yilning 18-noyabr kuni Bola huquqlari boʻyicha vakil Aliya Yunusova Fargʻona viloyat prokuraturasida 15 yoshli Voyaga yetmagan A.R. oʻlimida ayblanayotgan va qamoqqa olingan A.E. va K.S. bolalar bilan uchrashdi.

Oʻzaro suhbat davomida qoʻlga olingan A.E. va K.S. ularga qoʻyilgan aybni tan olishdi va oʻzlariga nisbatan qiynoq, ruhiy va jismoniy bosim qoʻllanilmaganini va advokatlar bilan taʼminlanishganini bildirishdi.

Bolalar Ombudsmani huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan muloqotda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.

Hozirda mazkur holat boʻyicha Fargʻona viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 10-noyabr kuni Bola huquqlari boʻyicha vakil Aliya Yunusova Fargʻona viloyati Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati hamkorligida Qoʻqon shahridagi IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazining faoliyatini oʻrgangan edi. Markazda monitoring davomida aniqlangan xato va kamchiliklar bartaraf etilishi yuzasidan tegishli vazirlik hamda idoralarga Bola huquqlari boʻyicha vakilning taklif va tavsiyalari yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер