“Bobotogʻ”da Qizil kitobga kiritilgan Buxoro togʻ qoʻyi noqonuniy ovlandi

14:17 15 Fevral 2026 Jamiyat
707 0

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Qizil kitobga kiritilgan Buxoro togʻ qoʻyi ovlangani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, “Bobotogʻ” milliy tabiat bogʻi hududida, xususan “Govurgon” boʻlimida Qizil kitobga kiritilgan Buxoro togʻ qoʻyi noqonuniy ovlangani yuzasidan viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda holat qaysi hududda, milliy tabiat bogʻi yoki oʻrmon xoʻjaligi hududida sodir boʻlganligi yuzasidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, qonunchilikka muvofiq choralar koʻrish uchun surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

“Bildirilgan qoʻshimcha maʼlumotlar ham alohida tartibda oʻrganilib, masʼul shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi”, — deyiladi boshqarma munosabatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер