Bobir Abubakirov Shayxontohur tumaniga hokim bo'ldi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Abubakirov Bobir Yo'ldoshovich Shayxontohur tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Bobir Abubakirov 1983-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy, 2004-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, 2015-yilda Yaponiya xalqaro universitetini Xalqaro iqtisod yo‘nalishlarida tamomlagan.
Abubakirov 2019-yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring