BMTTD rahbari Oʻzbekistondagi missiyasini yakunladi

15:09 21 Iyul 2023 Siyosat
413 0

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha  mamlakatimizdagi missiyasini yakunlayotgan  BMTTD doimiy vakili Matilda Dimovskani qabul qildi.

“Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim bilan xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazdik, — deb yozdi  Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. — BMTTD bilan yaqin hamkorlik va aniq natijalarga erishishga qoʻshgan hissasi uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Oʻzbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga sodiqdir”.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yil mart oyidan beri Matilda Dimovska BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili lavozimida ishlab kelayotgan edi. U “Dunyo” AA internet-resurslarida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni qoʻllab-quvvatlab, bir necha bor chiqish qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер