BMT dunyo davlatlarini oʻquvchilarni maktabga qaytarishga chaqirmoqda
Arxiv surat
Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha mamlakatlarni oʻquvchilarni maktabga qaytarishga va oʻqishni davom ettirishga chaqirdi.
Seshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning taʼkidlashicha, koronavirus sabab boʻlgan taʼlimdagi “tanaffus” sayyoramizning barcha avlodlari uchun katta tahdiddir.
“Oʻquvchilarning maktabga qaytishi va bu boradagi xavfsizlik bugungi kunda ustuvor boʻlishi kerak”, - deyiladi BMT saytiga joylashtirilgan video xabarda.
Guterrishning soʻzlariga koʻra, iyul oyining oʻrtalariga kelib 160 mamlakatda 1 milliardga yaqin oʻquvchilar uchun maktablar yopilgan va 40 millionga yaqin bola maktabgacha taʼlim olish imkonidan mahrum boʻlgan. Shu bilan birga, 250 million bola epidemiya boshlanishidan oldin maktabdan tashqarida edi va rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻrta maktab oʻquvchilarining toʻrtdan uch qismi hatto boshlangʻich maʼlumotga ega boʻlmasdan ham maktabni tashlab ketishga majbur boʻldi.
Ushbu ogʻir vaziyatni toʻgʻirlash uchun BMT xalqaro hamkorlar bilan birgalikda “Bizning kelajagimizni saqlang” toʻrt bosqichli kampaniyasini boshlamoqchi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring