BMT bosh kotibi Afgʻoniston bilan bogʻliq vaziyatni tartibga solish choralarini taklif qildi
Foto: Illustrativ foto
A.Guterrishning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda xalqaro hamjamiyat Afgʻoniston bilan bogʻliq vaziyatni hal qilish uchun quyidagi choralarni koʻrishi zarur:
— Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakil tayinlash va amaldagi hukumat bilan siyosiy hamkorlik qilish uchun “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish;
— gumanitar yordam koʻrsatishdan Afgʻoniston iqtisodiyoti rivojini doimiy qoʻllab-quvvatlashga oʻtish;
— iqtisodiyotni tiklash yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish uchun muloqot oʻrnatish;
— afgʻonlararo muzokaralarni boshlash.
Eʼtiborlisi, avvalroq Oʻzbekiston prezidenti Sh.Mirziyoyev Afgʻoniston muvaqqat hukumati bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga chaqirib, ushbu mamlakat boʻyicha yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini tuzishni taklif qilgan edi.
Shu nuqtai nazardan, Guterrish tashabbuslari Oʻzbekiston pozitsiyasi bilan hamohangdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring