BMT birinchi marta sunʼiy intellekt boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi
BMT Bosh Assambleyasi sunʼiy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va qoʻllashni global tartibga solish boʻyicha birinchi rezolyutsiyani qabul qildi.
AQSH tomonidan ishlab chiqilgan hujjatda sunʼiy intellektni tartibga solishning yagona xalqaro tizimini yaratish zarurligi haqida soʻz boradi.
Qaror bir ovozdan qabul qilindi. Qayd etilishicha, dunyo mamlakatlari “sunʼiy intellektni boshqarishga va u odamlarni boshqarishiga yoʻl qoʻymaslikka qaror qildi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring