BMT ayollar tuzilmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva “BMT ayollar” tuzilmasining Oʻzbekiston boʻyicha menejeri Jeren Guven Gures bilan muloqot oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va “BMT ayollar” tuzilmasi oʻrtasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Xususan, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash, munosib ish oʻrinlari yaratish kabi yoʻnalishlarga eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston jahon hamjamiyatida gender tenglikni taʼminlashda eng faol davlatlardan biri sifatida aniq chora-tadbirlarni, jumladan, 2030-yilgacha boʻlgan gender tenglikka erishish boʻyicha strategiyani amalga oshirayotgani, shu bilan birga “Oʻzbekiston–2030” strategiyasida belgilangan vazifalar BMTning gʻoyalari bilan hamohang ekani alohida qayd etildi.
Shuningdek, suhbat chogʻida kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan rejalar, hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring