BMT: Afrikada millionlar ocharchilikka yuz tutmoqda
BMTning Zimbabvedagi vaziyat boʻyicha favqulodda murojaatnoma eʼlon qildi. Bu haqda BBC xabar tarqatdi.
Murojaatnomada bildirilishicha, mamlakatning uchdan bir qism aholisi - besh milliondan ziyod inson - oziq-ovqat masalasi boʻyicha yordamga muhtoj.
Jahon Oziq-ovqat Dasturi qurgʻoqchilik, toʻfon va iqtisodiy inqirozdan jiddiy zarar koʻrgan Zimbabveni dastaklash maqsadida 331 million AQSH dollariga teng mablagʻ yigʻishni boshlagan.
Joriy yilda ushbu davlatda keskin qurgʻoqchilik kuzatilib, oqibatda, oziq-ovqat narxlari shiddat bilan oshib bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring