BMT 24-fevraldan beri Ukrainada qancha tinch aholi halok boʻlganini maʼlum qildi
Foto: DW
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi oʻz veb-saytida Rossiyaning Ukrainada boshlagan “Maxsus harbiy operatsiya”si tufayli halok boʻlgan tinch aholi sonini maʼlum qildi.
Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, tinch aholi orasida qurbonlar soni 6,5 ming nafardan oshadi, yaralanganlar esa 10 ming kishidan koʻp.
“2022-yilning 24-fevralidan 2022-yilning 27-noyabriga qadar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainada 6655 nafari tinch aholi vakili halok boʻlganini, 10368 nafari yaralanganini qayd etdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, halok boʻlganlarning 2245 erkak, 1604 ayol, 209 oʻgʻil bola va 173 qiz bola. Bundan tashqari, 5750 nafar katta yoshdagi insonlarning va 37 nafar bolaning jinsi nomaʼlumligicha qolmoqda.
Taʼkidlanishicha, eng koʻp insonlar keng koʻlamli vayronagarchilikka sabab boʻlgan portlovchi qurollardan foydalanish, jumladan, ogʻir artilleriyadan oʻqqa tutilishi, shuningdek, raketalar va havo zarbalari natijasida halok boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring