Bloomberg: SpaceX aksiyalarini 1 milliard dollarga sotishi mumkin

19:41 25 Iyul 2020 Dunyo
1203 0

Ilon Maskga tegishli AQSHning Bloomberg aerokosmik korporatsiyasi sarmoyadorlar bilan aksiyalarini sotish orqali 1 milliard dollar yigʻish uchun muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

“SpaceX sarmoyadorlar bilan har bir aksiyani 270 dollarga baholab, taxminan 1 milliard dollar yigʻish uchun muzokaralar olib bormoqda”, - deyiladi gazeta xabarida.

Manbalarga koʻra, muzokaralar bir necha oy davom etadi.

Hozirda 2002-yilda Ilon Mask tomonidan ommaviy kosmik sayohatlarni tashkil etish va Mars kolonizatsiyasi uchun yoʻl ochish maqsadida tashkil etilgan SpaceX kompaniyasi 44 milliard dollarga baholanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер