“Bloomberg”: Xitoy iqtisodiyoti retsessiyaga uchradi

23:43 23 Iyun 2020 Iqtisodiyot
1213 0

Xitoy iqtisodiyoti retsessiyaga uchradi, deb xabar bermoqda “Bloomberg” nashri.

Ekspertlarning “CBB International” tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalarida qayd etishlaricha, joriy yilning II choragida Xitoyning yalpi ichki mahsuloti 6,8 foizga pasaygan boʻlib, oʻz navbatida, iqtisoddagi retsessiya boshlanganidan dalolat bermoqda. Dunyo boʻyicha global talabning pasayganligi esa XXR iqtisodiyotining oʻsishiga asosiy taʼsir koʻrsatgan manba boʻlmoqda.

Shunga qaramay, taʼkidlanishicha, ishlab chiqarish kompaniyalari foydasi, kapital xarajatlar hamda chakana savdo kabi asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar I chorakka nisbatan biroz yaxshilangan.

Shuningdek, koronavirus pandemiyasi fonida Xitoy hukumati 2020-yilda yalpi ichki mahsulotning oʻsishi boʻyicha maqsadlarni belgilamadi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер