Bloger Dima Qayum bilan bogʻliq holat yuzasidan munosabat
2019-yilning 16-oktyabr kuni “Telegram” messendjerining bir nechta kanallarida “Bloger Dima Qayumga nisbatan kecha Rishtonda uyushtirilgan samosud holati” sarlavhali xabar tarqalgan edi.
Ushbu holat yuzasidan Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi bergan maʼlumotga koʻra, joriy yil 15-sentyabr kuni Dima Qayum tahallusida blogerlik qilayotgan shaxsning Rishton tuman IIBga qilgan murojaati roʻyxatga olingan. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.
Hozirda Rishton tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi tomonidan holatda ishtirok etgan ayollar bilan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring