B.Kandov umumxalq referendumi kuzatuvchisi sifatida taklif etilgani uchun minnatdorlik bildirdi

14:52 02 May 2023 Dunyo
654 0

Joriy yilning 28-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev “Agrotec Handels Gmbh” investitsiya kompaniyasi prezidenti, Oʻzbekistonning Avstriyadagi faxriy konsuli Boris Kandov bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida mehmon Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, mamlakatimizda inson huquqlari, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash borasidagi ishlarni, ayniqsa, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan normalar toʻliq xalqaro standartlarga mos ekanligini, inson huquqlari ustuvor boʻlishini taʼminlashga qaratilganini yuksak baholadi.

Oʻz navbatida, B.Kandov Oʻzbekistondagi umumxalq referendumini kuzatishda ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u Oʻzbekiston va Avstriya oʻrtasidagi tashqi iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarning kengayishi va rivojlanib borayotganini eʼtirof etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер