“Bizda soʻnggi ikki yildan saboq olish imkoniyati bor” — Olimlar “COVID-19” pandemiyasining rivojlanishi uchun uchta ssenariyni taklif qilishdi

21:04 17 May 2022 Dunyo
1117 0

Foto: РИА «Новости»

Xalqaro ilmiy kengashning sogʻliqni saqlash, virusologiya, iqtisod, etika va sotsiologiya boʻyicha ekspertlar guruhi kelgusi besh yil ichida “COVID-19” pandemiyasining rivojlanishi uchun uchta ssenariyni taklif qildi. Bu haqda batafsil Kengash saytida eʼlon qilindi.

Birinchi ssenariyga koʻra, agar “COVID-19”ga qarshi emlangan kattalar ulushi 80 foizgacha koʻtarilsa, infeksiyaning tarqalishi ishonchli toʻxtatiladi va iqtisodiyot, rivojlanish va salomatlikka ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Agar emlash darajasi 70 foizdan past boʻlsa, bunda kasallik ikkinchi ssenariy asosida rivojlanadi. Yaʼni koronavirus mavsumiy tarqalishlar bilan kasalxonalarda katta bosimlarni yuzaga keltiradi. Vaksinalarni yangilash va infeksiyaga qarshi yangi preparatlarni ishlab chiqish uchun koʻproq mablagʻ sarflash kerak boʻladi. Va global tengsizlik kuchayishiga ham sabab boʻladi.

Uchinchi ssenariy millatchilik va populizmning kuchayishi bilan bogʻliq. Geosiyosiy keskinliklar kuchaygani sari hukumatlar va davlatlar oʻrtasidagi ishonch pasayadi. Bu ilm-fan va tibbiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikka toʻsqinlik qiladi va emlash darajalarining pasayishiga olib keladi. Bunday vaziyat aholining 60 foizdan kamrogʻi emlangan holatda kuzatilishi mumkin. Bu holatda kam daromadli mamlakatlar uchun vaksina va dori vositalariga kirish hozirgidan ham qiyinroq boʻladi.

“Biz tengsizliklarni bartaraf etuvchi, shu bilan birga bizni keyingi inqirozga tayyorlaydigan koʻp tomonlama tizimni qurish boʻyicha saʼy-harakatlarimizni yangilashimiz kerak. ...Bizda soʻnggi ikki yildan saboq olish imkoniyati bor”, deya xulosa qilmoqda olimlar.

Shu oʻrinda, ular hukumatlarni hamkorlik qilish va sogʻliqni saqlash tizimlariga sarmoya kiritish, ilmiy maslahatlarni birlashtirish, oʻsib borayotgan tengsizliklarni bartaraf etishga chaqirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер