Biz butunlay boshqa virus bilan kurashyapmiz. «Omikron»ni toʻxtatishning iloji yoʻq — epidemiolog
Illyustrativ foto
Koronavirusning «Omikron» shtammini deyarli toʻxtatib boʻlmaydi. Ushbu fikrlarni Hindiston Tibbiyot tadqiqotlari kengashi qoshidagi Milliy epidemiologiya instituti ilmiy maslahat qoʻmitasi raisi, hind epidemiologi Jayaprakash Muliil aytib oʻtdi.
“Biz butunlay boshqa virus bilan kurashyapmiz. Hammangizga maʼlumki bu «Delta”ga qaraganda ancha “yumshoqroq”, lekin gap bunda emas — uni toʻxtatish deyarli mumkin emas», dedi ekspert.
Muliilning soʻzlariga koʻra, Hindistonda boshlangan revaksinatsiya virusning ushbu shtammining tez tarqalishini toʻxtata olmaydi.
«Bu hech ahamiyatsiz — infeksiyalanish sodir boʻladi. Bu butun dunyoda ham kuzatilmoqda», dedi u.
Mutaxassis, shuningdek, infeksiyaning ushbu variantining keng tarqalish xavfiga qaramay, bu virus endi qoʻrquvni keltirib chiqarmasligini taʼkidladi. Chunki «Omikron» shtammi yengilroq va kasalxonaga yotqizish ehtimoli kamroq.
“Bu biz kasallikka qarshi tura olamiz”, deya qoʻshimcha qiladi epidemiolog.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring