“Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!”
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryo viloyatida mazkur shior ostida maʼnaviyat festivaliga start berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi oldidan oʻtkazilayotgan festival doirasida ijodiy uchrashuvlar, konsert dasturlari, xayriya tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
“Maʼnaviyat festivali” ijodiy guruh aʼzolari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faollari festivalning ilk kunida “Inson qadri” loyihasi doirasida Shoʻrchi tumanining Boʻston mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Joʻrabek Toʻrashev xonadonida boʻlishdi.
— Kutilmagan mehmonlarning tashrifidan boshim osmonga yetdi. Ular menga nogironlik aravachasini sovgʻa qilishdi, — deydi Joʻrabek Toʻrashev.
22-iyuldan 27-iyulga qadar davom etadigan festival doirasida poytaxtdan kelgan taniqli shoirlar, yozuvchi va olimlar, xalqimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar ishtirokida uchrashuvlar, koʻngilochar tadbirlar boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring