Bitiruvchilarning 97 foizi ish bilan taʼminlandi

15:46 24 Iyul 2024 Jamiyat
405 0

Namangan muhandislik-texnologiya institutida 2024-yilgi bitiruvchilar uchun tantanali diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida bitiruvchilar va ularning ota-onalari institut tomonidan koʻrsatilgan bilim va koʻnikmalar uchun minnatdorlik bildirdi.

— Institutda tahsil olish men uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi, — deydi iqtisodiyot fakultetini tugallagan Husniddin Adhamov. — Oʻqituvchilarimizning qoʻllab-quvvatlashi tufayli koʻplab yutuqlarga erishdim. Ayni paytda ish joyim ham tayin. Ishlab chiqarish amaliyotimni oʻtkazgan Xalq bankining boshqarmasi oʻz jamoasida olib qolyapti.

Maʼlumot uchun, Namangan muhandislik-texnologiya institutini joriy oʻquv yilida 1596 nafar talaba tamomladi. Ularning 97,6 foizi oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ish bilan taʼminlandi. Institutda taʼlim sifati va talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasi yuqori ekanidan dalolat beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер