Birjada paxta yogʻining narxi 11 foizga pasaydi

22:46 13 May 2021 Iqtisodiyot
1983 0

2021-yil 6-12-may kunlari Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida oʻtkazilgan ochiq birja savdolari yakunlari koʻra texnik paxta chigitining birjadagi narxi 31,2% ga pasayib, 12-may holatiga koʻra mahsulotning bir tonnasi uchun oʻrtacha 3 403,9 ming soʻmni tashkil etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda, birja savdolariga sotuvchi-korxonalar tomonidan 7 961 tonna paxta chigiti qoʻyildi va ulardan 5 903 ming tonnasi, yaʼni 74,1% sotildi.

Texnik paxta chigitining birjadagi narxlarini pasayishiga uning boshlangʻich narxlarini sotuvchi-korxonalar, yaʼni paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan pasaytirilganligi oʻz ijobiy taʼsirini oʻtkazdi.

Xususan, oʻtgan davrda paxta-toʻqimachilik klasterlari birja savdolariga qoʻyiladigan paxta chigitining boshlangʻich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun oʻrtacha 4 781,9 ming soʻmdan 2 933,3 ming soʻmgacha, yaʼni 38,7% ga pasaytirdi.

Texnik paxta chigiti narxining pasayishi oqibatida paxta yogʻining boshlangʻich qiymati va birjadagi narxlari ham pasaydi. Xususan, oʻtgan davrda paxta yogʻining boshlangʻich narxi oʻrtacha – 5,3% ga, birja savdolari natijasida shakllangan narxi esa mos tarzda – 11,3% ga pasayib, bugungi kunda mahsulotning bir tonnasi uchun 14 739,3 ming soʻmni tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi birjada texnik chigitning boshlangʻich narxlarini kelishib sunʼiy oshirish alomatlari bilan 34 ta paxta klasteriga nisbatan ish qoʻzgʻatgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер