Birjada bugʻdoyning narxi pasaymoqda

11:12 17 Iyul 2023 Jamiyat
633 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyundagi 227-son qaroriga muvofiq joriy yil 3-iyuldan boshlab 2023-yil bugʻdoy hosilidan vaqtinchalik saqlashga topshirilgan 3-sinf bugʻdoy Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining birja savdolari orqali sotila boshladi.

Joriy yil 3-13-iyul kunlarida ochiq birja savdolari orqali 31,1 ming tonna bugʻdoy qariyb 900 ta mahalliy gʻalla yetishtiruvchi fermerlar va gʻallachilik klasterlari tomonidan sotildi. Oʻtgan davrda birjada shakllangan bugʻdoyning oʻrtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 2 663,0 ming soʻmni tashkil qildi.

Birjada bugʻdoy boʻyicha shakllangan kotirovka uning boshlangʻich narxiga nisbatan 1,2% ga oʻsdi. Shu bilan birga, 6-13-iyul kunlarida oʻtkazilgan birja savdolari natijalariga koʻra 3-sinf bugʻdoyning oʻrtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 2 921,0 ming soʻmdan 2 610,0 ming soʻmgacha, yaʼni 10,6% ga pasaydi. Bugʻdoy uchun kunlik kotirovkalarning pasayishiga birja bozorining mazkur segmentida taklifning yetarli darajada boʻlganligi oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatib kelmoqda. 

Oʻtkazilayotgan birja savdolari davomida bugʻdoy uchun birja narxlari talab va taklif asosida shakllanib, tuzilgan bitimlar doirasidagi barcha toʻlovlarni amalga oshirilishi birjaning hisob-kitob kliring palatasi orqali kafolatlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер