Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon hayotdan koʻz yumdi

16:26 13 May 2022 Dunyo
935 0

Foto: Global Look Press

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) prezidenti Xalifa bin Zayd Ol Nahayon hayotdan koʻz yumdi.

«Prezident ishlari vazirligi Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zayd Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan BAA xalqiga, arab va islom xalqiga hamda butun dunyoga hamdardlik bildiradi», deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, u uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 74 yoshida vafot etdi.

Xalifa bin Zayd Ol Nahayon 2004-yildan beri BAAga prezidentlik qilib keladi. U ayni paytda davlat rahbari sifatida BAA Qurolli kuchlari Oliy qoʻmondoni lavozimini ham egallagan edi.

Oxirgi yillarda prezident mamlakat boshqaruvini BAA poytaxti Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zaydga topshirib, davlat ishlariga deyarli aralashmadi.

Davlat rahbarining vafoti munosabati bilan BAAda qirq kunlik motam eʼlon qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер