Birinchi oʻrin qoʻlga kiritildi
Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan IX Banklararo spartakiada oʻyinlarining shaxmat turniri boʻyicha “Mikrokreditbank” jamoasi yurtimizdagi tijorat banklari orasidan faxrli birinchi oʻrinni egalladi.
— Sportning mazkur turiga tizimda yildan-yilga qiziqish ortmoqda, — deydi banking Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon filialidan ishtirok etgan A.Turdiyev. — Shaxmat biz kabi mutaxassislar uchun zarur, deb oʻylayman. Axir uni bejizga “aql charxi” deyishmaydi-da.

Aytish joizki, bu kabi tadbirlar bank xodimlari oʻrtasida sportga hamohanglik, hamkorlik ruhining mustahkamlanishi va tizimda ijobiy psixologik muhit oʻrnatilishida muhim omildir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring