Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Rishton tumanida viloyat Nuroniylar jamoatchilik kengashi, “Keksalar maslahati” guruhi hamda “Buvijonlar maktabi” kengashi aʼzolarining amaliy seminari boʻlib oʻtdi.
Seminarda Respublika “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul”, “Uch avlod uchrashuvlari”, “Ikki til – bir kasb” kabi loyihalar ijrosi, toʻy-hashamlarni kamchiqim oʻtkazish, oilaviy ajrimlarning oldini olish kabi dolzarb masalalar boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi.

— Jamgʻarmaning respublika va viloyat masʼullari ishtirok etgan tadbirda zimmamizdagi muhim vazifalar tahlil va tanqid ruhida koʻrib chiqildi, — deydi “Nuroniy” jamgʻarmasi Fargʻona viloyati boʻlimi raisi Zokirjon Raxmonov. — Nuroniylar oʻgiti yangi avlodni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Seminarda ayni yoʻnalishda namuna koʻrsatayotgan “Keksalar maslahati” guruhi va “Buvijonlar maktabi” kengashi aʼzolariga Respublika “Nuroniy” jamgʻarmasining tashakkurnomasi hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring