Bir necha kunlik sarsongarchilik bir kunda hal etildi

17:27 17 Dekabr 2019 Jamiyat
834 0

Termiz shahar “Jayxun” mahallasi At-Termiziy koʻchasida yashovchi fuqaro M.Azizova Termiz shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaatda keltirilishicha fuqaro M.Azizova xonadoni elektr energiyasidan 3.500.000 soʻm qarzdorlik evaziga elektr energiyasi tarmogʻidan uzib qoʻyilgan ekanligi, ushbu qarzdorlikni toʻlovini amalga oshirgan boʻlsa-da, Termiz shahar elektr energiyasi korxonasi tomonidan elektr energiya tarmogʻiga ulamayotganliklari, tarmoqqa ulanish uchun viloyat elektr energiyasi korxonasi tomonidan tasdiqlanishi kerakligi, viloyat elektr energiyasi korxonasi esa Termiz shahar elektr energiyasi korxonasi tomonidan hal boʻlishini aytib tarmoqqa ulamayotganliklaridan norozi ekanligini bildirgan.

Ushbu murojaat Termiz shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan joyida oʻrganilib shu vaqtning oʻzida fuqaro M.Azizova xonadoni elektr energiyasi tarmogʻiga ulab berilib murojaat ijobiy hal etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер