Bir kunda 12 mlrd. tonna muz erib ketdi
Illyustrativ foto
Kecha Grenlyandiya bir kunda 12,5 mlrd. tonna muz yoʻqotgani maʼlum boʻldi. Iqlimshunos Martin Stendal Grenlandiya muz qalqonining 60 foiz yuzasi 1 mm. chuqurlikkacha eriganini tasdiqlaydi. Bu haqda Smithsonian jurnali xabar berdi.
Qor va muz haqidagi maʼlumotlar milliy markazi mutaxassislari bunday tez erish jarayoni 1950-yildan buyon ilk bor kuzatilayotganini qayd etishdi. Oʻshanda muz massasining yoʻqolib borishini kuzatish boshlangan edi.
Ularning aytishicha, joriy yil boshidan beri 248 mlrd. tonna muz erib ketgan. Bu 2012-yilga rekordga yaqin. Oʻshanda 250 mlrd. tonna, yaʼni muz qoplamasining 97 foiz yuzasi bugʻlanib ketgandi.
Yevropada kuzatilgan jazirama muz erishiga sabab boʻlgani aytilyapti. Sababi shu tufayli Grenlandiyada ham havo harorati oʻrtacha koʻrsatkichdan 15-20 darajaga koʻtarilib ketgan. Joriy yilda ushbu hududdagi Summit Station tadqiqot stansiyasi tomonidan ham yuqori , ham davomiy harorat aniqlangan. Muz va chuchuk suv yoʻqolishi jarayoni kuchaymoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring