Bir yoʻla ikki maktabgacha taʼlim muassasasi oʻz eshiklarini ochdi

17:34 02 Aprel 2026 Jamiyat
368 0

Nurota tumanidagi Istiqlol mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli Soykechar qishlogʻida Yangi Oʻzbekiston qiyofasiga monand zamonaviy 14-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Bolalar jismoniy va maʼnaviy uygʻunlikda ulgʻayishi uchun barcha zamonaviy qulayliklar jamlangan muassasa 90 nafar oʻgʻil qizni qamrab olish imkoniyatiga ega. Mazkur loyiha AT “Xalq banki” homiyligida amalga oshirilib, “Ashraf” xususiy korxonasi tomonidan 5,1 milliard soʻm mablagʻ evaziga bunyod etildi.

Shu kuni viloyatning Zarafshon shahridagi Quruvchi MFYda 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham yangi qiyofada oʻz eshiklarini ochdi.

Ushbu bogʻcha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Qarori asosida mukammal taʼmirlandi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер