Bir yilda savdo korxonalari soni 1,1 barobarga oshdi
Respublikamizda 2025-yil 1-mart holatida savdo sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni 237 776 tani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu yoʻnalishdagi korxonalar soni bir yil davomida 1,1 barobarga oshgan.
Ularning soʻnggi 5-yildagi dinamikasida 2021-yil 145 171 ta, 2022-yilda 170 401 ta, 2023-yilda 199 525 ta, 2024-yilda esa 221 653 ta korxona mavjud boʻlgan.
1-fevral holatiga koʻra, ushbu turdagi tashkilotlarning 23 352 tasi oilaviy firmalardir. Bu sohadagi yaxshi oʻzgarishlardan darak beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring