Bilim, tajriba va mahorat bahsi

11:35 08 Noyabr 2021 Jamiyat
701 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Andijon viloyatida respublika elektr tarmoqlari idoralari xodimlarining “Kasb mahorati” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. “Har biringizning hayotingiz men uchun qadrli” shiori ostida 5 kun davom etgan bahslarda “Eng yaxshi elektr montyori “, “Eng yaxshi elektr dispetcheri”, “Eng yaxshi ish bajaruvchi” kabi o‘nlab yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

-Tanlovda hech kim eʼtibordan chetda qolmadi, - deydi “Toshkent HETK” AJ  dispetcheri Yelena Levina. –Har bir mutaxassisning nazariy va amaliy bilimiga munosib baho berildi. 84 nafar erkak orasida yagona ayol mutaxassis sifatida ishtirok etganim uchun juda hayajonda edim. Shunday bo‘lsa-da, kasbiy mahoratimni namoyish etishga harakat qildim va “Eng faol dispetcher” deya eʼtirof etildim.

Umumiy hisobga ko‘ra, “Andijon HETK” AJ vakillari birinchi, “Farg‘ona HETK” jamoasi ikkinchi va “Namangan HETK”  AJ uchinchi o‘ringa munosib topildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardagi elektr tarmoqlari idoralari xodimlari bilan bir qatorda qo‘shni davlatlardan ham vakillar ishtirok etdi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер