“Bespredel GAIga hamma narsa mumkinmi?” yoxud nosamimiy xodimlar jazolandi
Ijtimoiy tarmoqda «Bespredel GAIga hamma narsa mumkinmi?» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotganligi toʻgʻrisida xabar berilgan edi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, xizmat tekshiruvi yakunlandi:
Fuqarolar bilan muloqot jarayonida, xushmuomala, kamtar va bosiq boʻlmasdan, nosamimiylik bildirib, Ichki ishlar vazirining “Muomala madaniyati” va «Odob-ahloq qoidalari» toʻgʻrisidagi buyrugʻi hamda Intizom Ustavi talablarini buzganligi uchun Paxtachi tumani IIB Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori katta leytenant M.Togʻayevga “Hayfsan”, yoʻl-patrul xizmati inspektori safdor F.Haitovga “Tanbeh” intizomiy jazosi berilishi, Paxtachi tumani IIB boshligʻi mayor S.Ortiqovning xatti-harakatlarini viloyat Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan katta ofitserlar tarkibidagi “Intizomiy kengash”da koʻrib chiqilishi belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring