“Mahalladagi vakillarning yarim vaqti faqat “qogʻoz” toʻldirish va majlislarga ketayapti” — Shavkat Mirziyoyev
Yigʻilishda “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari mahalladagi masʼullar tomonidan alohida-alohida yuritilayotgani, ularning vazifalarida koʻp takrorlanishlar borligi koʻrsatib oʻtildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Beshlik” zimmasiga juda koʻp vazifalar yuklatilgani, mutasaddi rahbarlar esa buni tahlil qilmayotgani, aniq ish metodikasi ishlab chiqilmagani tanqid qilindi.
“Mahallaga topshiriq ham, ulardan soʻrov ham haddan tashqari koʻp. Mahalladagi vakillarning yarim vaqti faqat “qogʻoz” toʻldirish va majlislarga ketyapti”, — dedi davlat rahbari.
Baʼzi hollarda ehtiyojmand aholining masalasini tez hal qilish uchun berilgan mablagʻlarni ajratish qarori viloyat va tuman tashkiloti, ayrimlarida respublika idorasiga bogʻlanib qolgani taʼkidlandi.
Bu ortiqcha boʻgʻinlarni olib tashlash zarurligi qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring