Besh yoshdan kichik bolalar koronavirusni boshqalarga qaraganda 10-100 baravar koʻproq tarqatishi mumkin

13:01 02 Avgust 2020 Dunyo
973 0

JAMA pediatriya tomonidan olib borilgan tadqiqotda aytilishicha, besh yoshdan kichik boʻlgan bolalarning burnida katta yoshli bolalar va kattalarga nisbatan 10 baravardan 100 baravargacha koʻproq koronavirusning genetik materiali mavjud boʻladi. Bu esa yosh bolalar odamlar orasida koronavirus tarqalishida muhim ishtirokchi ekanligini anglatadi.

Tadqiqotchilar 23-martdan 27-aprelgacha boʻlgan davr oraligʻida AQSHning Chikago shahrida 145 kishining burnidan namunalar olishgan. Bu bemorlarda koronavirus bir hafta oldin boshlangan va ularda kasallik yengil hamda oʻrta darajadagi kechayotgan boʻlgan.

Ann vs Robert H.Lurie nomli bolalar kasalxonasi shifokori Taylor Held-Sergent boshchiligidagi olimlar jamoasi tomonidan olib borilgan mazkur tadqiqotda bemorlar uch guruhga ajratilib, ularning 46 nafari besh yoshdan kichik, 51 nafari besh yoshdan oʻn yetti yoshlar oraligʻida va qolgan 48 nafari oʻn sakkiz yoshdan oltmish besh yoshgacha boʻlganlardir.

Oʻrganishlardan shu narsa maʼlum boʻldiki, besh yoshdan kichik boʻlgan bolalarning yuqori nafas olish yoʻlida boshqa yoshdagi bemorlarga nisbatan 10 baravardan 100 baravargacha koʻproq miqdorda COVID-19 asoratlari aniqlangan.

“Shuning uchun bolalar aholi orasida COVID-19 tarqatuvchi asosiy shaxslar boʻlishi mumkin. Yosh bolalarning odatlari, maktab hamda bogʻchalarda bir-biriga yaqin kontaktda boʻlishlari bu yosh toifasi orasida COVID-19 tarqalishi borasidagi xavfni oshiradi” deb yozgan tadqiqot mualliflari.

Ushbu yangi topilmalar ekspertlar tomonidan hozirda ilgari surilayotgan virusga chalingan yosh bolalarning undan jiddiy aziyat chekmasliklari va uni boshqalarga tarqatishlari ehtimoli juda kam ekanligi haqidagi fikrlarga mutlaqo ziddir.

Lekin, bu borada hali yetarli darajada koʻp oʻrganishlar olib borilganicha yoʻq. 

Yaqinda Janubiy Koreyada oʻtkazilgan tadqiqotda aniqlanishicha, 9 yoshdan kichik bolalar virusni kattalarga qaraganda kamroq tashigan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер