Besh daqiqada quvvat oladigan elektromobil akkumulyatori yaratildi

16:19 20 Yanvar 2021 Dunyo
1287 0

Besh daqiqada toʻliq quvvat oladigan batareyalarning ishlab chiqarilishi elektromobillarning tez quvvat olishiga qaratilgan muhim qadam boʻldi.

Elektr transport vositalari global ifloslanishini bartaraf etishning muhim qismi. Ammo sayohat paytida zaryadsiz qolish haydovchilarni tashvishga solmoqda. Yangi batareyalar Isroilning “StoreDot“ va Xitoyning ”Eve Energy” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan.

Kompaniya  allaqachon “oʻta tez quvvat oladigan” batareyani telefonlar, dronlar va skuterlarda sinab koʻrgan. Hozirda ishlab chiqarilgan 1000 ta akkumulyator texnologiyasini avtomobilsozlar va boshqa kompaniyalarga namoyish qilishi kerak. 

Batareyalarni besh daqiqada toʻliq zaryadlash mumkin, ammo buning uchun bugungi kundagiga qaraganda ancha yuqori quvvatli quvvatlovchilar kerak boʻladi. 

Kompaniya  bosh direktori Doron Mersdorfning soʻzlariga koʻra, elektr avtomobillarni quvvatlashni yoʻlga qoʻyish juda katta tashvish edi. Elektr transport vositalarini qabul qilishdagi birinchi raqamli toʻsiq endi yengildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер