Benzin ishlab chiqarish hajmi oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida 382,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,7 % ga oshgan.
2022-yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:
— yanvarda – 97,8 ming tonna
— fevralda – 98,2 ming tonna
— martda – 92,6 ming tonna
— aprelda – 93,7 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring