Belarusda koronavirus tez tarqalayotganining asosiy sababi aytildi

05:56 02 May 2020 Dunyo
1199 0

Belarusda koronavirusga chalinish boʻyicha yangi holatlar koʻpayishiga koʻra Yevropa davlatlari orasida eng yuqori koʻrsatkich qayd etilmoqda. Bu haqda JSSTning Belarusdagi vakili Batir Berdiqlichev TUT.BYʼga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda koronavirusning tez tarqalishining asosiy sabablaridan biri — bu ijtimoiy masofalanish choralarining yetarli darajada emasligida. Ularsiz yaqin kelajakda epidemiyaning rivojlanishini toʻxtatishda biror-bir yutuqqa erishib boʻlmaydi.

JSST Belarusga ommaviy tadbirlarni kechiktirishni, barcha ikkinchi darajali korxona va tashkilotlar faoliyatini toʻxtatishni, masofaviy ish va masofaviy oʻqitish shakllarini joriy qilishni, ish joylarida qatʼiy sanitariya talablarini joriy qilishni va fuqarolarning keraksiz harakatlanishini kamaytirishni tavsiya qilmoqda.

Belarusda 1-may holatiga koʻra, koronavirusga chalinish boʻyicha 14 917 ta holat qayd etilgan (shundan 890 tasi soʻnggi sutka davomida), kasallikdan 2 918 kishi tuzalgan, 93 nafari favot etgan.

Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus bilan bogʻliq vaziyatni nazorat qilsa boʻladi, deb hisoblaydi va kasallanganlar soni ortishini virusni aniqlash boʻyicha test oʻtkazish oshirilgani bilan izohlamoqda. Belarusda koronavirusni aniqlash boʻyicha 186 262 ta test oʻtkazilgan.

Avvalroq BMT vakili ham koronavirus avj olayotgani sababli Belarus aholisini uyda qolishga chaqirgandi.

Eslatib oʻtamiz, Belarusda keng qamrovli karantin choralari joriy qilinmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер